“Biz hukmdorlar nima sababdan urush olib borayotganimizni askarlar bilishganida edi – birorta ham urush bo‘lmasdi”
Prussiyaning mashhur qiroli Fridrix II (1712-1789) har qanday urushni hukmdorlar va siyosatchilarning g‘arazi, kaltabinligi, shaxsiy manfaati, soxta obro‘ orttirishi deb bilgan. Hukmdor o‘zining hech narsaga arzimas izzat-nafsini askarlarga Vatan manfaati deb tushuntiradi va bunga ishongan odamlarni urushga safarbar qiladi. Mabodo askarlar Vatan uchun emas, hukmdorlarning manfaati, halovati va boyligi uchun urushga kirishayotganlarini bilishganida edi, albatta, ular urushdan bosh tortgan bo‘lur edilar, deydi qirol. Hukmdorlarning shuhratparastligi va injiqligi tufayli o‘n minglab askarlar urushlarda behuda o‘lib ketishini qattiq qoralagan Fridrix II kinoya va afsus bilan yuqoridagi fikrini aytgan.
Jaloliddin Safoyevning “Mangu hamrohlar” kitobidan.

