Samarqand davlat universitetining Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati institutida “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ustoz, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, professor Hotam Umurov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi hamda “Saylanma” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

    Mazkur tadbirni universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochdi va ustozning ilm-fan rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, pedagogik faoliyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr yuritdi.

    Tadbir davomida professor Hotam Umurovning boy ilmiy merosi, hayot yo‘li va fidokorona mehnati yodga olinib, uning shogirdlari hamda hamkasblari tomonidan samimiy fikr-mulohazalar bildirildi. “Saylanma” kitobi esa ustozning ilmiy va ijodiy faoliyatini yoritishda muhim manba sifatida e’tirof etildi.

    Shuningdek, tadbirda Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori, professor Jo‘liboy Eltazarov, professor Shavkat Hasanov, ustozning qizi, professor Go‘zal Umurova hayot yo‘li, insoniy fazilatlari, shogirdlarga va yoshlarga g‘amxo‘rligi, adabiyot ravnaqiga qo‘shgan hissasi, ijodiy merosi, xususan “Saylanma” kitobi va boshqa asarlari haqida ham samimiy fikrlar bildirdilar.