Samarqand davlat universitetining Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boşqariş institutida “Raqamli iqtisodiyot şaroitida kambağallikni qisqartiriş va aholi farovonligini oşirişning ustuvor yönalişlari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bölib ötdi. Anjumanni Samarqand davlat universitetining ilmiy işlar va innovasiyalar böyiça prorektori Hakim Xuşvaqtov oçdi. Anjuman işida Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Akmal Ahadov iştirok etdi. Şundan söng Xitoyning Sian Jiaotong universiteti professori Zhou Zhongliang, Samarqand davlat universiteti Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boşqariş instituti professori Nurali Arabov sözga çiqib, anjuman iştirokçilarini tabrikladilar. Akademik Qalandar Abdurahmonov anjuman qatnaşçilari bilan onlayn muloqot qildi.Anjuman doirasida Samarqand davlat universitetining Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boşqariş institutida Xitoyning Sian Jiatong universiteti bilan hamkorlikda Kambağallikni qisqartiriş, mahallalarni rivojlantiriş va boşqariş böyiça qöşma tadqiqot markazi oçildi.Xitoyning Sian Jiatong universiteti professori Li Jiye, Vengriyaning Széçenyi István universiteti professori Gagan Deyep Şarma ma’ruza qildilar.Anjuman işi onlayn şaklda davom ettirildi. Gong Kong universiteti professorlari Tom McDonald, Çunxuye Zhang, Eric Fong, Kwan Nok Çan onlayn tarzda ma’ruza qildilar.Kunning ikkinçi yarmida anjuman işi şöbalarda davom etdi.