Samarqand davlat universiteti rektori, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis senati a’zosi Rustam Xolmurodovning tarix fakulteti talabalari va ularning ota-onalari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Universitet rektori Rustam Xolmurodov mamlakatimizda yoşlarga körsatilayotgan ğamxörlik, Prezident taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan yoşlarga doir siyosatning afzalliklari xususida batafsil töxtaldi. Öquv işlari böyiça birinçi prorektor Ahmadjon Soliyev sözga çiqib, talabalar mas’uliyati, ijtimoiy va akademik faollik xususida töxtaldi. Rektor maslahatçisi öz çiqişida yoşlarning odob-axloqi, talabalik madaniyati, ijtimoiy xavfsizlik masalalari töğrisida fikr yuritdi.