Samarqand davlat universitetida universitet rektori, Özbekiston respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis senati a’zosi Rustam Xolmurodovning psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalarining ota-onalari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Samarqand davlat universitetida universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodovning psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalari ota-onalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtaldi. SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Subxon Abbosov so‘zga chiqib, talabalar mas’uliyati, ijtimoiy va akademik faollik xususida fikr yuritdi. Rektor maslahatchisi o‘z ma’ruzasida yoshlarning odob-axloqi, talabalik madaniyati, ijtimoiy xavfsizlik masalalariga to‘xtaldi. So‘zga chiqqan ota-onalar farzandlariga bildirilgan ishonchni oqlashiga umid bildirdi.

