Samarqand davlat universitetida navbatdagi respublika ilmiy-amaliy anjumani ötkazildi
Samarqand davlat universitetida “Pedagog kadrlar tayyorlaş va kasbiy rivojlanişda sun’iy intellekt elementlarini qöllaş: muammolar va yeçimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi. Anjumanni Samarqand davlat universiteti Pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş mintaqaviy markazi direktori Abdusattor Boboyorov kiriş söz bilan oçdi. Nutida pedagog kadrlar tayyorlaşni yangi sifat darajasiga kötarişning, bu jarayonda yangi zamonaviy texnologiyalar qöllanilişining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati benihoya muhimligini ta’kidladi. Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti direktori, professor Uzoqboy Begimqulov, pedagogika fanlari nomzodi Faxriddin Esonboboyev, Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş mintaqaviy markazi direktori, pedagogika fanlari doktori Baxtiyor Adizov tabrik sözlari bilan çiqiş qildilar. Anjumanda Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi mudiri Ozod Yusupov hamda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti bölim boşliği Jonibek Qöşarboyev mavzu doirasida ma’ruzalar qildilar. Şuningdek, Farğona davlat universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş mintaqaviy markazi direktori Baxtiyorjon Barotov, Samarqand davlat universiteti professorlari Mahmud Lutfillayev va Gulnoza Sultonova, dotsent Lola Safarova hamda Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar instituti direktori Fayzullo Nazarov öz ma’ruzalari bilan iştirok etdilar. G. Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti dotsenti Irina Maşenkova ham anjuman mavzusiga oid ma’ruzasi bilan qatnaşdi.Kunning ikkinçi yarmida anjuman öz işini şu’balarda davom ettirdi.





.jpg)




.jpg)




