DOLZARB MAVZUDA XALQARO SIMPOZIUM
Samarqand davlat universitetida IPDRE qurğoqçil hududlar böyiça tadqiqot va ta’lim xalqaro platformasi "Bluye Satreps " loyihasi, Yaponiyaning Tottori çöl tadqiqotlar markazi, Yaponiya fan va texnologiya agentligi, Yaponiyaning Kioto universiteti, Italiyaning Boloniya universiteti hamkorligida "Markaziy Osiyo qurğoqçil mintaqalarida oziq-ovqat xavfsizligi: iqlimga mos qişloq xöjaligi uçun ilmiy asoslangan yeçimlar va innovasiyalar" VIII xalqaro konferensiyasi bölib ötdi. Anjuman "Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni"ga bağişlandi. Konferensiya doirasida taşkil etilgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari körgazmasi taşkil etildi..Anjumanni Samarqand davlat universiteti rektori, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kiriş sözi bilan oçdi.
FAOning Özbekistondagi vakili Şerzod Umarov, Yaponiyaning Tottori universiteti Qurğoqçil hududlarni tadqiq qiliş markazi (ALRC) direktori Tsubo Mitsuro, Özbekiston Milliy universiteti professori Bahriddin Zaripov, Yaponiyaning Tottori universiteti professori Akaşi Kinya, Özbekiston Fanlar akademiyasi bioinformatika va genomika markazi direktori Zabardast Böriyev anjuman qatnaşçilarini tabrikladilar. Anjumanda qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoatida genom va molekulyar biotexnologiyalarni qöllaniş, dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini ta’m inlaş masalalari muhokam a qilindi.
Samarqand davlat universiteti rektori, Özbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov va FAO ning Özbekistondagi vakili Şerzod Umarov "Qurğoqçil hududlarda oziq-ovqat xavfsizligi" (FSD) xalqaro konferensiyasi rezolyusiyasini imzoladilar.
Xalqaro konferensiya yalpi majlisdan söng "Iqlimga mos qişloq xöjaligi uçun biotexnologik innovasiyalar" va "Iqlim özgarişi, gidrologiya va agrometeorologiya" nomli symposiumlarda öz işini davom ettirdi.




