2026-yil 3-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan Osiyoning eng yaxşi universitetlari reytingi – “QS Asia University Rankings 2027” e’lon qilindi. Uşbu röyxatdan Özbekistonning 38 ta oliy ta’lim taşkiloti joy oldi.

Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Osiyoning eng yaxşi universitetlari röyxatida 215-örinni egallab, avvalgi yilga nisbatan öz mavqeyini qariyb 100 poğonaga yaxşiladi (2025-yilda 307-örinda edi). Markaziy Osiyoda 11-örinni (2025-yilda 20-örin), Özbekistonda esa 3-örinni (2025-yilda 5-örin) egalladi.

Reyting natijalari mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş yölidagi sa’y-harakatlarning amaliy samarasidir.

Xalqaro reytingda Osiyoning 26 mamlakati va hududidan 1700 dan ortiq universitet iştirok etgan. Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvçilarning bandlik darajasi, öquv jarayonining sifat körsatkiçlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.