“Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat tarğibotçisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxşi ekologiya himoyaçisi”
Samarqand davlat universitetida talaba-yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş, tabiatni asraş va ekologik taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat tarğibotçisi”, “Eng faol ekovolontyor” hamda “Yilning eng yaxşi ekologiya himoyaçisi” nominatsiyalari böyiça tanlov taşkil etildi. Tanlov natijalariga köra, “Ekologiya bilimdoni” nominatsiyasi böyiça Geografiya va ekologiya fakulteti 2-bosqiç talabasi Uroqova Gulbadan Akmal qizi, “Ekologik madaniyat tarğibotçisi” nominatsiyasi böyiça Geografiya va ekologiya fakulteti 3-bosqiç talabasi Şakarov Abdullajon Bektoş öğli, “Eng faol ekovolontyor” nominatsiyasi böyiça Geografiya va ekologiya fakulteti 3-bosqiç talabasi Ma’mirova Gulsanam Ilxom qizi, “Yilning eng yaxşi ekologiya himoyaçisi” nominatsiyasi böyiça Tarix fakulteti 2-bosqiç talabasi Saydiyeva Maftunalar, ğolib deb topildi. Tanlov yoşlarning ekologik bilimlarini mustahkamlaş, ekologik mas’uliyatini oşiriş, tabiatga daxldorlik hissini kuçaytiriş hamda universitetda ekologik madaniyatni yanada rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ğolib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!





