Samarqand davlat universiteti rahbariyatining talabalar ota-onalari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Tadbir boşlanguniga qadar ota- onalar universitet matematika fakultetining yangi binosini borib kördilar, boşqa fakultetlarning öquv korpuslarida ta’lim şaroitlari bilan tanişdilar.Samarqand davlat universitetining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Subxon Abbosov tadbirni oçdi va universitetda amalga oşirilayotgan ta’limga oid islohotlar, rivojlaniş tamoyillari, bunyodkorlik işlari xususida batafsil gapirdi.Universitetning Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan "Şukronalik" videofilmi namoyiş etildi.Universitetning birinçi öquv-uslubiy boşqarmasi boşliği Şahriddin Muronov talabalar bilimini baholaş tizimidagi islohotlar, bunda raqami texnologiyalarning qöllanilişi afzalliklari xususida töxtaldi. Rektor maslahatçisi öz ma’ruzasida yoşlarning odob-axloqi, talabalik madaniyati, ijtimoiy xavfsizlik masalalariga töxtaldi.Tadbir yakunida Ogohlikka da’vat etuvçi ma’naviy-ijtimoiy mazmundagi videofilm namoyiş etildi.






















