Ochiq eshiklar kuni: maktab bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni”ning navbatdagi tadbiri tashkil etildi. Unda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev, o‘quv bo‘limi bosh mutaxassisi Samad Tolliboyev, marketing va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Murod Hojiyev, Urgut tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i Elyor Po‘latov hamda tumandagi maktablar bitiruvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni prorektor Shuhrat Umidullayev kirish so‘zi bilan ochdi. So‘ngra SamDU institutlari va fakultetlari rahbarlari maktab o‘quvchilariga oliy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari hamda ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Universitetda ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, muzeylar va oranjereya maktab o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

