Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga jalb etish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev, o‘quv bo‘limi bosh mutaxassisi Samad Tolliboev, universitet marketing va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Murod Hojiyev, Jomboy tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gulmira Mamasoliyeva hamda tumandagi maktablarning 50 nafar iqtidorli bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdi.

    Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev, Agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori Toshpo‘lat Rajabov, Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti direktori Shoxrux Jo‘raqulov, Biokimyo instituti direktori Siroj O‘roqov, Muhandislik fizikasi instituti direktori Ahmad Absanov, yuridik fakultet dekani Rahmatillo Mirzayev, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti dekani o‘rinbosari Sanjarbek Qo‘shboqov, tarix fakulteti dekani Ro‘ziqul Abriyev, matematika fakulteti dekani Ahmad Xolxo‘jayev, geografiya va ekologiya fakulteti dekani Aliqul Ravshanov hamda psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani Zarifa Mo‘minovaning universitet faoliyati, salohiyati, ta’lim borasida yaratilgan sharoitlar, xalqaro akademik hamkorlik va talabalar erishayotgan muvaffaqiyatlar haqidagi ma’ruzalari, shuningdek, ilmiy laboratoriyalar va muzeylarga uyushtirilgan sayohat tadbirda qatnashgan bitiruvchi o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.