MAKTAB BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHUV
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga jalb etish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davom etmoqda.
Navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev, o‘quv bo‘limi bosh mutaxassisi Samad Tolliboyev, marketing va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Murod Hojiyev, Kattaqo‘rg‘on tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Alisher Daminov hamda tumandagi maktablarning 90 nafar iqtidorli bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev, Agrobiotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori o‘rinbosari To‘lqin O‘rozov, Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti professori Shamsiddin Yo‘ldoshev, Biokimyo instituti direktori Siroj O‘roqov, Muhandislik fizikasi instituti direktori Ahmad Absanov, yuridik fakulteti dekani Rahmatilla Mirzayev, tarix fakulteti dekani Ro‘ziqul Abriyev, matematika fakulteti dekani Ahmad Xolxo‘jayev, geografiya va ekologiya fakulteti dekani Aliqul Ravshanov, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani Zarifa Mo‘minova universitetdagi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyat va imtiyozlar hamda istiqbol rejalari haqida o‘quvchilarga ma’lumot berdilar.


















