“Ipak yo‘li bo‘ylab iqlimga mos, uglerodsiz binolarning asosiy texnologiyalari  qo‘llanilishi” mavzusidagi qo‘shma amaliy loyiha doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Sian Arxitektura va Texnologiyalar Universitetining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti, professor Yanfeng Liu boshchiligidagi delegatsiyani Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi.

    Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani hamda qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Har ikki tomon vakillari ko‘p yillik hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa muhandislik yo‘nalishida uzoq muddatga mo‘ljallangan yirik ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish zarurligini qayd etdilar.

    Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov universitet huzurida ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini o‘z ichiga olgan “yashil qurilish” va “yashil energetika” yo‘nalishida ilmiy markaz tashkil etishni taklif qildi. Ushbu taklif uchrashuv ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.