Samarqand davlat universitetida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

    Marosimni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochdi.

    SamDU tarixida ilk bor SamDU rektori Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan universitetda faoliyat ko‘rsatgan, turli sohalarda samarali mehnat qilgan 200 dan ortiq professor-o‘qituvchilarning fotosuratlaridan iborat xotira ko‘rgazmasi tashkil etildi. O‘tgan ustozlarning xotirasi yodga olindi.

    Tadbir munosabati bilan har bir fakultet va institut tomonidan tayyorlangan videoroliklar universitet ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi. Ushbu videolar orqali fakultetlarda samarali mehnat qilgan professor-o‘qituvchilarning hayoti va faoliyati aks ettirildi.

    Rektor Rustam Xolmurodov o‘z so‘zida Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti direktori Jo‘liboy Eltazarov, SamDU Matbuot kotibiyati bo‘limi boshlig‘i Farrux Hamroev, geografiya va ekologiya fakulteti dekani Aliqul Ravshanovni eng yaxshi videorolik muallifi va targ‘ibotchisi sifatida e’tirof etdi va taqdirladi.

    - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan har yili tadbir tashkil etiladi, - dedi zoologiya kafedrasi mudiri, professor Abdurashid Jabborov. - Bugungi tadbir avvalgilariga nisbatan tubdan farq qildi. SamDU rektori Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan bir vaqtlar bizni o‘qitgan, ilm bergan ustozlarimizning, biz bilan birga ishlagan hamkasblarimizning xotira ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmani tomosha qilar ekanmiz, qalbimiz chuqur hayajonga to‘ldi. Biz shunday ulug‘ insonlarni, buyuk ustozlarimizni xotirladik. Bu nafaqat xotira, balki ustozlarga bo‘lgan yuksak ehtirom va sadoqat ifodasidir. 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.