Niğde Ömer Halisdemir Universiteti Türkiye Stipendiyalari ko‘magida amalga oshiriladigan TIES (Türkiye Xalqaro Almashinuv Stipendiya Dasturi) xalqaro akademik mobillik dasturini ishga tushirganini e’lon qiladi.

Dastur xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi akademik, madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, talabalar almashinuvi orqali oliy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.

Universitet Türkiye Oliy Ta’lim Kengashi (Council of Higher Education of Türkiye) va Xorijdagi turklar va tegishli jamoalar ishlari bo‘yicha Prezidentlik (Presidency for Turks Abroad and Related Communities) bilan hamkorlik doirasida ushbu dastur uchun pilot platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

• Bakalavriat talabalari (o'‘tacha baho GPA 2.50/4.00 yoki 65/100 dan kam bo‘lmagan);

• Magistratura talabalari (o‘rtacha baho GPA 3.00/4.00 yoki 76/100 dan kam bo‘lmagan);

• Yosh – 29 yoshgacha;

• Ingliz yoki turk tilini kamida B1 darajada bilish;

• Chet el (Turkiya bo‘lmagan) oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi bo‘limda o‘qish;

• Turkiya fuqaroligiga ega bo‘lmaslik (shu jumladan qo'shaloq fuqarolik).

Muhim jihatlari:

• Dastur tibbiyot va stomatologiya fakultetlari talabalariga taalluqli emas.

• Bir semestr davomida o‘qishni xohlovchi talabalar faqat kuzgi semestr uchun ariza topshirishlari mumkin. Ikki semestr qolishni rejalashtirganlar kuzgi va bahorgi semestrlarni tanlashlari kerak. Faqat bahorgi semestr uchun ariza topshirish imkonsiz.

• Ishtirok etishning minimal muddati – 1 semestr, maksimal – 2 semestr.

• O‘qishning birinchi semestrida bo‘lgan talabalar (birinchi kurs talabalari), shuningdek, tayyorlov dasturlari talabalari ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

TIES dasturi shartlari va Niğde Ömer Halisdemir universiteti talablariga muvofiq, dasturda ishtirok etish uchun bir nafar asosiy va bir nafar zaxira talaba nomzodini ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida, SamDUning barcha institutlari va fakultetlari talabalari o‘rtasida ichki tanlov tashkil etiladi.

Ariza topshirish tartibi

1. Nominatsiya:

Nomzodlar o‘z universitetlari tomonidan tavsiya etiladi va quyidagi elektron pochtaga yuboriladi: international@ohu.edu.tr

2. Kerakli hujjatlar:

• To‘ldirilgan ariza shakli

• Pasport nusxasi

• Akademik ma’lumotnoma (ingliz tilida transcript)

• Rasm (JPG yoki PDF formatida)

Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilish xati bilan birga YTB tizimiga yuklashlari kerak bo‘ladi.

Dasturning moliyaviy ta’minoti

TIES dasturiga quyidagilar kiradi:

• Oylik stipendiya (bakalavr talabalari uchun 5000 turk lirasi va magistratura talabalari uchun 7000 turk lirasi);

• Bepul turar joy;

• Transport xarajatlari (ikki tomonlama chiptalar) qoplash;

• Qabul qiluvchi universitetda o‘qish uchun to‘lovlardan ozod etish; biroq, ular o‘zlarining oliy o‘quv yurtlari talab qiladigan har qanday to‘lovlarni to‘lashlari shart.

Talabalarni nomzod qilib ko'rsatish muddati 2026-yil 15-maygacha davom etadi.

Aloqa:

Niğde Ömer Halisdemir Universiteti

Xalqaro aloqalar bo‘yicha koordinator

Email: international@ohu.edu.tr

Tel: +90 388 225 21 48

Nomzodingizni berish uchun universitetingizning Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qiling.