YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati 2026/2027-o‘quv yili uchun nufuzli “Buyuk devor” (The Great Wall) stipendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida bir yillik malaka oshirish va tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi.

Dastur yo‘nalishlari va yosh cheklovlari:

• Magistratura o‘quv kurslari (35 yoshgacha);

• Doktorantura (PhD) o‘quv kurslari (40 yoshgacha);

• Tadqiqotchi (General Scholar) malaka oshirish kurslari (45 yoshgacha);

• Yetakchi tadqiqotchi (Senior Scholar) malaka oshirish kurslari (50 yoshgacha).

    Grant imtiyozlari:

Dastur g‘oliblarining xalqaro aviachipta xarajatlari hamda Xitoyda o‘qish va yashash bilan bog‘liq barcha xarajatlari YUNESKO va XXR Hukumati tomonidan to‘liq qoplanadi.

    Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1.  Magistr darajasiga ega bo‘lish (ayrim sohalarda bakalavr);

2.  Ingliz tilini yuqori darajada (sertifikat bilan tasdiqlangan holda) bilish;

3.  Kelajakda o‘z faoliyatini universitet bilan bog‘lash istagi.

Talab qilinadigan hujjatlar (2 nusxada):

• Onlayn to‘ldirilgan ariza (www.csc.edu.cn/studyinchina (http://www.csc.edu.cn/studyinchina));

• Diplom va ilovaning ingliz tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;

• Xitoy universitetidan taklifnoma (Pre-admission letter) – mavjud bo‘lsa;

• 2 nafar professordan ingliz tilidagi tavsiyanoma;

• Ingliz tilida yozilgan tadqiqot loyihasi (Study Plan – 500 so‘zdan iborat);

• Ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL);

• Maxsus shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.

    Hujjatlarni topshirish muddati:

    Universitetimizdan tavsiya etiladigan 2 nafar nomzodlar ro‘yxati vazirlikka yuboriladi. Shu munosabat bilan, hujjatlar va rektor xati loyihasini tayyorlash uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga joriy yilning 28-yanvar kuniga qadar murojaat qilishingiz so‘raladi.

    Batafsil ma’lumot uchun: www.campuschina.org (http://www.campuschina.org/universities/index.html)

Ilova 1

Ilova 2

Ilova 3

Ilova 4

Ilova 5

Ilova 6

Ilova 7