Yaponiyaning Soka universiteti 2026-o‘quv yilining bahorgi (aprel–iyul) semestridan boshlab talaba-almashinuv dasturi doirasida nomzodlar qabul qilinishini e’lon qiladi.

Qabul qilingan talabalar faqatgina yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Mobiliti almashinuv dasturi uchun talablar:

  • Universitetning bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabasi ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

  • Talabaning tahsil olayotgan instituti, fakulteti yoki bo‘limi boshlig‘i nomidan bildirishnoma;

  • Talabaning CV/rezyumesi.

Eslatma:

Soka universitetida almashinuv asosida tahsil olish istagida bo‘lgan talabalar fakultet yoki institut tomonidan Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tavsiyasi asosida nomzod sifatida taqdim etilishi lozim.

Nomzod tavsiya etilgandan so‘ng, talabaning elektron manziliga anketa to‘ldirish talablari haqida ma’lumot yuboriladi. Ushbu anketani belgilangan muddatgacha to‘ldirish shart.

Talabalar o‘qiyotgan yo‘nalishlari bo‘yicha ushbu semestrda o‘tiladigan fanlar yoki ularga mos fanlarni berilgan havola orqali topishlari kerak bo‘ladi.

Ariza topshirish muddati:

  • Nomzodlarni tavsiya etish oxirgi muddati: 15-oktabr, 2025-yil

  • Anketalarni topshirish oxirgi muddati: 31-oktabr, 2025-yil

Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin:
https://www.soka.ac.jp/en/admissions/exchange

Tahsil olish istagida bo‘lgan talabalar nomzodi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan tavsiya etiladi. Hujjat topshirishdan oldin mazkur boshqarmaga kelib uchrashishingiz so‘raladi.