COMSTECH kotibiyati Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning yosh tadqiqotchilari, muhandislari, mutaxassislari va olimlari uchun Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning ilmiy-texnika taraqqiyotini ilgari surish, o‘zaro tajriba va bilim almashish uchun ilmiy stipendiyalar va qisqa muddatli treninglar e’lon qilgan.

    Ayni paytda mazkur tanlov quyidagi oltita dastur uchun e’lon qilingan bo‘lib, tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot va ariza berish tartibi bilan ko‘rsatilgan havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

    1) COMSTECH tadqiqotchilari uchun stipendiya dasturi:

https://www.comstech.org/comstech-consortium-of-excellence-researchfellowships/

    2) Virusologiya va vaksina texnologiyalari bo’yicha tadqiqotchilar va malaka oshirish uchun COMSTECH- stependiyalari

https://www.comstech.org/comstech-fellowships/

    3) COMSTECH texnikalarini tayyorlash dasturi

https://www.comstech.org/comstech-program-for-training-of-technicalpersonnels/
 

    4) (LDCs) OIC dagi eng kam rivojlangan mamlakatlar uchun COMSTECH tadqiqot stipendiyalari

https://www.comstech.org/comstechresearch-fellowships-for-least-developedcountries-2/

    5) (LDCs) OIC dagi eng kam rivojlangan mamlakatlardagi ayollar uchun COMSTECH tadqiqot stipendiyalari

https://www.comstech.org/comstech-research-fellowships-for-women-scientistsldc-oic/

    6) COMSTECH- Falastin fuqarolari uchun stipendiya va tadqiqot stipendiyalari

https://www.comstech.org/comstechscholarships-for-palestinian-nationals/

    COMSTECH xalqaro aviachiptalarni va viza to‘lovldrini o‘z zimmasiga oladi.
    Qabul qiluvchi ta’lim muassasalari turar joy, yashash xarajatlari va stipendiya  (ko‘zda tutilgan bo‘lsa) bilan ta’minlashi ma’lum qilingan.