Bu tilga eʼtibori, menimcha, uning romanini Abdulla Qodiriynikidan yuqori joyga qo‘yadi.

         Tilni tarjima qilishda uncha qiynalmagandim, balki adabiy va madaniy kontekstni bilmagan inglizzabonga tushuntirish bilan qiynaldim. Menimcha, hattoki hozirgi vaqtda Cho‘lponni o‘qigan o‘zbeklar «Kecha va kunduz»ni o‘qib, adabiy o‘yinlarini tushuna olmaydilar, chunki ular Cho‘lponning zamoniga xos.

         Roman jadidlar ilgari yozgan janrlarga javob deb o‘zini taqdim etadi. Masalan, Miryoqub va Maryam poyezdda o‘zlarini kashf etish safari inqilobdan oldingi yillarda jadidlar yozgan safarnomalar ustidan parodiyadir.

         Parodiya Cho‘lpon qo‘shgan dialogizmda. Sharafiddin Xo‘jayev degan jadid Behbudiy yo boshqa jadidlardek o‘rta osiyoliklarning jaholatini qoralaydi, ammo bu fikrlar bilan Miryoqub va Maryamning izohlarini o‘qiymiz va Xo‘jayevning gaplariga qayta qaray boshlaymiz.

         Shuning uchun, tarjimamda ham, iqtiboslarda ham shu adabiy kontekstni kitobxonlarga tushuntiraman.

 

Kristofer Fort; amerikalik adabiyot muxlisi, mustaqil tadqiqotchi.