Xalqaro xotin-qizlar kuni – 8-mart hamda bahor bayramlari munosabati bilan Samarqand davlat universitetining Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti fakultetlararo rus tili kafedrasi tomonidan “Talaba bahori” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi.

    Ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.

    Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni iqtisod yo‘nalishi talabasi Sevinch Qodirova egalladi. Ikkinchi o‘ringa filologiya yo‘nalishi talabasi Aziza O‘ktamova hamda geografiya yo‘nalishi talabasi Nigina Jabborova sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni esa filologiya yo‘nalishi talabalari Marjona Qahhorova va Farangiz Ibrohimova qo‘lga kiritdilar.