Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Xavfsizlik va hurmatga asoslangan ta’lim muhitini shakllantirish: huquqiy, psixologik va axloqiy yondashuv” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Umidullayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Murodov  hamda kadrlar bo‘limi boshlig‘i Ilyos Bo‘riyev ishtirok etdilar.

    Seminar davomida Shuhrat Umidullayev universitet xodimlarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish orqali ularning davlat xizmatidagi mas’uliyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan ma’ruza qildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Murodov universitet jamoasi orasida korrupsiya, moliyaviy huquqbuzarlik va yashirin iqtisodiyotga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi haqida so‘z yuritdi.

    Shuningdek, kadrlar bo‘limi boshlig‘i Ilyos Bo‘riyev universitetda yosh xodimlarni tanlash, tayyorlash va tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish, ularda huquqiy madaniyat hamda davlat xizmatiga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.