Samarqand davlat universitetida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanalı tadbirni Samarqand davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev tabrik so‘zi bilan ochdi.

    Ma’ruzachi va boshqa so‘zga chiqqanlar ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni, mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi, bugungi kunda o‘z mehnatlari va aql-u zakovatlari bilan turli sohalarda erishayotgan yutuqlarini alohida ta’kidladilar. Olima ayollarning samarali faoliyati xususida iftixor bilan so‘z yuritdilar. Mamlakatimizda ayollarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, berilayotgan imtiyoz va yengilliklar, yaratilayotgan shart-sharoitlar ham alohida tilga olindi.

    Tadbir yakunida universitetda mehnat qilayotgan bir qator ayol professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.