Samarqand davlat universitetida Samarqand shahar hokimi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
“Payshanba - Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Samarqand dalat universitetining bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Samarqand shahar prokurori Baxtiyor Normatov, Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Javlon Aminov Samarqand shahridagi bandlik va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi rahbarlari, “Milliybank” hamda “Aloqabank” mutasaddilari ham qatnashdilar.
Tadbirni Samarqand davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Ahmadjon Soliyev olib bordi.
Shahar hokimi Fazliddin Umarov davlat rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil to‘xtaldi. Talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi, savollariga javob berdi.
Shuningdek, “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Bitiruvchi kurs talabalari uchun ish o‘rinlari yaratish, ularning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.















Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

