“Modern Pedagogical Education in International, National, and Regional Dimensions” / “Xalqaro, milliy va mintaqaviy o‘lchamlarda zamonaviy pedagogik ta’lim” (ICTE–2025: Uzbekistan) mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari Samarqand davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti olimlari hamda Qozon federal universiteti hamkorligida tashkil etildi va nufuzli xalqaro nashr — ARPHA Proceedings (Pensoft Publishers) ilmiy to‘plami shaklida chop etildi.

Mazkur xalqaro anjumanning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi xorijiy hamkorlar bilan kelgusidagi ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bu muhim yutuq universitetning global akademik makondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Konferensiya materiallari to‘plami O‘zbekiston olimlari va xalqaro ilmiy jamoatchilik o‘rtasida yosh avlodni o‘qitish hamda tarbiyalashning dolzarb masalalarini hal etish yo‘lida mustahkam ilmiy ko‘prikni shakllantirdi. U, bir tomondan, ilg‘or xorijiy tajribani milliy ta’lim tizimiga faol joriy etishga, ikkinchi tomondan esa, o‘zbek pedagogika fanining yutuqlarini jahon akademik hamjamiyatiga taqdim etishga xizmat qiladi.

Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining ilmiy ishlanmalari pedagogika va unga yaqin sohalarda innovatsion tadqiqotlar poydevorini yaratishga qodir bo‘lgan yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

To‘liq ma’lumot quyidagi havolada:
https://icte.samdu.uz