“Ilm va ayol – barqaror jamiyat sari”
Samarqand davlat universitetida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab konferensiya o’tkazildi.
“Ilm va ayol – barqaror jamiyat sari” mavzusidagi anjuman Samarqand shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi.
Yalpi yig‘ilishda SamDU yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, professor Subxon Abbosov, Samarqand shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ra’no Toshniyozova, SamDU xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, professor Dilbar O’rinboyevalar ma’ruza qilishdi.
Samarqand davlat universiteti professori Guljahon Axmedova, “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, dinshunoslik fanlari doktori Sima Foulad, dotsent Muslima Amriddinova hamda SamDU matematika fakulteti talabasi, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi Karina Kuyanbayevalarning ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir so‘ngida Yangi O‘zbekiston ilm-fan taraqqiyoti rivojiga yangi, muhim g‘oya va tashabbuslari, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda qo‘shayotgan hissasi, jamiyatda ma’rifatni yuksaltirish va iqtisodiy-ijtimoiy faol xotin-qizlardan taqdirlandi.












Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

