Dunyo azob chekayotganlar tufayli oldinga intilmoqda yoxud “Oilaviy baxt” qissasi haqida
Fleshbek
Ko‘pchilik insonlarning adabiyot olamiga kirib kelishiga, adabiyotga mehr qo‘yishiga maktabdagi adabiyot o‘qituvchisi sabab bo‘ladi. Menda ham shunday bo‘lgan. Qishloqdagi adabiyot ustozim har bir darsda bizga tanish bo‘lmagan asar voqealari, syujeti va ijodkor haqida shunday hikoya qilib berar ediki, ustozimiz aytayotgan ijodkorning asarlarini o‘qib chiqmaslikning iloji yo‘q edi.
Endi balog`at yoshidan o‘tayotgan paytlarimizda Lev Nikolayevich Tolstoy hayoti, uning “Inson kamolotining to‘rt davri” avtobiografik qissasi, “Yoshlik” va “Oilaviy baxt” asarlari haqida gapirib bergan edi. Shundan keyin Tolstoy asarlarini qidirishga tushganman va birinchi topgan asarim Tolstoyning “Oilaviy baxt” asari bo‘lgan. Bu asarni qish paytida issiq pechka yonida o‘tirib o‘qiganman, vaholanki asar voqealari ham Rossiyaning chekka qishloqlaridan birida, atrof qalin qorga burkangan bir paytda bo‘lib o‘tgan…
Asar haqida:
Lev Tolstoyning insoniy hislar, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar, ishonch, sevgi, insonlarning bir - biriga hurmati uning “Anna Karenina”, “Urush va tinchlik” kabi buyuk romanlarida aks etgan. Insonlar o‘rtasidagi haqiqiy munosabatlar, oilaviy muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga bo‘lgan eng chuqur urinishlardan biri bu “Oilaviy baxt” asari edi. 1858-yilda yaratilgan Tolstoyning “Oilaviy baxt”i keyingi yili “Rossiya byulletini” da paydo bo‘ldi. Yozuvchi asarni garchi u hikoyaning barcha belgilari ega bo’lsa-da, roman deb atagan. Oila muammosiga asoslangan mazku ijod namunasi Tolstoyning mashhur nasriy asarlaridan faqat bosh qahramonlarning shaxsiy hayoti haqidagi hikoyaning xususiy qismidan farq qiladi. Asar, shuningdek, hikoyaning muallif tomonidan, bosh qahramonning birinchi shaxsidan boshlab olib borilmasligi bilan ajralib turadi. Bu Tolstoy nasri uchun juda noaniq.
Bu holni tanqidchilar deyarli payqamadilar. Romanni “Anna” deb atagan Tolstoyning o‘zi uni qayta o‘qib chiqqanidan so‘ng, yana yozishni ham o‘ylamay chuqur hijolatlik va umidsizlikni boshdan kechiradi. Biroq, Apollon Grigoryev ta’sirchan va sezgir asarda samimiylik va qayg`uli realizm, hayotni falsafiy tahlil qilish urinishining chuqurligi, sof sevgi va insoniylik tushunchalarining ta’kidlangan paradoksini o‘ylab topdi va uni roman deb atadi.
Syujet
Asar ikki qismga bo‘lingan: birinchi qismda onasi vafotidan so‘ng, Masha va Sonya ismli ikkita qiz yetim qoldi. Gubernator Katya ularga qaraydi.O‘n yetti yoshli Masha uchun onasining o‘limi nafaqat yaqinining yo‘qolishi, balki qizcha umidlarining barbod bo‘lishi edi.Darhaqiqat, ular bu yil Mashenkani nurga olib chiqish uchun shaharga chiqishga majbur boladi.U esa kun bo‘yi xonasidan chiqmaydi. U nima uchun rivojlanishi kerakligini tushunmaydi, chunki uni qiziq narsa kutmaydi.
Oila o‘z ishlarini hal qilish uchun vasiyni kutmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u otasining eski do‘sti-Sergey Mixaylovich bo‘lgan. Mixaylovich Mashaning otasidan ancha kichik bo‘lsada do‘sti deb ataladi. 36 yoshida uylanmagan va uning eng yaxshi yillari o‘tganiga ishonib, tinch va o‘lchovli hayotni xohlaydi. Uning kelishi Mashaning umidsizligini yo‘q qildi. Mashani harakatsizligi uchun tanqid qiladi. Keyin Masha uning ko‘rsatmalarini bajara boshlaydi: o‘qish , musiqa ijro etish, singlisini o‘qitish… Masha Sergey Mixalovich uni maqtashini xohlaydi. Hayotga bo‘lgan sevgi Mashaga qaytadi. O‘z-o‘zidan Mixaylovichga bo‘lgan hurmati ortadi. Masha uchun hayotda uning fikridan muhimroq narsa yo‘q.
Sergey Mixaylovichdan Katya bir necha bor nega uylanamayotgani sababini so‘raganda, u endi qariyotganini va hech qachon uylanmasligini ta’kidlagan. Bir safar u Mashaga o‘xshagan qiz unga hech qachon turmushga chiqmasligini va agar turmushga chiqsa, u keksayib qolgan erining yonida o‘z hayotini buzishini aytadi. Uning bunday o‘ylashi Mashani xafa qilardi. U asta-sekin nimani yoqtirishni tushuna boshlaydi va uning har bir ko‘rinishi oldida qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi.
Masha esa har doim uning taklif bildirishini kutardi. Masha o‘zini hech qachon bu qadar ilhomlangan va baxtli his qilmagan edi. U endigina uning so‘zlarini tushunadi: “Baxt - boshqa odam uchun yaashash”. Tug`ilgan kunida u Mashani tabriklaydi va Ketishini aytadi. U har qachongidan ham o‘ziga ishongan va xotirjam bo‘lib, uni ochiq suhbatga chaqirdi va u undan va his tuyg`ularidan qochmoqchi ekanligini tushunadi. A va B qahramonlari misolida u munosabatlarning rivojlanishi mumkin bo‘lgan ikkita syujetni aytdi: yo qiz achinib, qariyaga turmushga chiqadi yoki azob chekadi, yoki u sevadi deb o‘ylaydi, chunki u hali hayotni bilmaydi. Va Masha uchinchi variantni aytadi: agar u uni tashlab ketsa, sevadi va azob chekadi. Shu tariqa Mashaning roziligi bilan to‘y boladi.
Ikkinchi qism: To‘ydan so‘ng yoshlar Sergeyning onasi bilan mulkka joylashadilar. Ular o‘rtasida hamma narsa yaxshi edi, ularning sokin qishloq hayoti noziklik baxtiga to‘la edi. Vaqt o‘tishi bilan bu muntazamlik Mashani tushkunlikka sola boshlaydi, unga hayot to‘xtab qolganday tuyuldi. Bir xillikdan, bir xil xayotdan zerikishni boshlaydi. Shu muammolar sababli ular o‘rtasida birinchi va oxirgi janjal kelib chiqadi…
Mashaning istagi bilan ular 3 yilcha Peterburgda ham yashashadi. Masha esa o‘zgarib, o‘z oilasi haqida o‘ylamasdan, jamiyat haqida g`ayratli edi. Peterburgdagi boshqalarning muomalasi Mashaga o‘z erining so‘zlaridan yaxshiroq tuyula boshlaydi. Eri unga o‘z baxtini dunyoning arzon xushomadligiga almashtirganini tushuntirishga harakat qiladi. Ma’lum bir vaziyat tufayli boshqalarning Mashaga munosabatlari salbiy tarafga o‘zgarib ketadi. Shundagina u boshqalarning o‘z manfaati uchun unga yaxshilik qilayotganini tushunib yetadi va uni kim chin dildan yaxshi ko‘rishini, oiladan muhimroq narsa yo‘qligini tushunadi.
Xulosa
Ushbu asarni barcha tengdoshlarimga o‘qib chiqishni maslahat beraman. Asar hayotiy haqiqatlar asosida yozilgan. Albatta, asar kishining fikrlash qobiliyati,ongini o‘stiradi. Har qanday vaziyatda ham kishi o‘zligini unutmasligi, yaxshi odamlarning qadriga yetishi kerakligi uqtirilgan. Asar bosh qahramoni Masha - hayotga yengil qaraydigan, vaqtini bekorga o‘tkazuvchi, yolg`izlikni yoqtiradigan qiz. Unga tabiat, yashab turgan muhit, butun hayoti rangsiz, zerikarli ko‘rinadi. Lekin, birdaniga uning hayotga qarashi o‘zgaradi. Doimo ko‘rib turgan, u bilan birga bo‘lgan hamma narsa birdan go‘zal ko‘rina boshlaydi. Hayotdan zavq olib yashashni boshlaydi. Barchasi hayotga qanday ko‘z bilan qarashga bog`liq ekanligini tushunib yetadi.
Qaysidir ma’noda bu asar insonga motivatsiya vazifasini ham bajaradi. Asarni o‘qigan odam har qanday vaziyatda ham halol yashab, harakat qilgan kishi albatta murodiga yetishini tushinib yetadi. Asarni bir insonning ma’naviy hayotidagi hayot maktabi deb atasak ham mubolag`a bo‘lmaydi.
“Oilaviy baxt” asarida odamiylik, to‘g`rilik, kishilarga qanday musobatda bo‘lish kabi hislatlar ham ifodalangan. Hayot faqat mol-dunyodan, kishining go‘zalligi esa faqat tashqi ko‘rinishidan iborat bo‘lmasligi, qalb go‘zal bo’lsa, ruh butun bo‘lsa har bir inson o‘z maqsadiga yetishi, birovlarning dardi bilan yashagan inson “inson” bo‘lishi , bunday insonlardan qaysi biri biror muvaffaqiyatga erishsa bu barcha insonlarning “OILAVIY BAXT”i ekanligi ifodalangan.
Lev Tolstoyning iqtiboslari:
- Hamma insoniyatni o‘zgartirishni xohlaydi, lekin hech kim o‘zini qanday o‘zgartirish haqida o‘ylamaydi.
- Hamma narsa kutishni bilgan kishiga keladi.
- Hamma narsa, baxtli oilalar o‘xshash, har bir baxtsiz oila o‘ziga xos tarzda baxtsiz
- Hamma o‘zining eshigi oldini supurib tashlasin. Agar hamma shunday qilsa, butun ko‘cha tozza bo‘ladi.
- Menga yoqadigan hamma narsa yo‘q, lekin menda bor hamma narsani yaxshi ko‘raman.
- Dunyo azob chekayotganlar tufayli oldinga intilmoqda.
- Eng buyuk haqiqatlar eng soda.
- Hamma reja tuzyapti va hech kim kechgacha yashaydimi, bilmaydi.
Bobur O‘ktamov,
Samarqand davlat universiteti
filologiya fakulteti talabasi.

