VENGRIYA OLIMLARI SAMARQANDDA
Vengriyaning Ludovika davlat xizmati universiteti rektori Gergely Deli boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlarni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov qabul qildi. Uchrashuvda universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Ahadov, Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti direktori Shohrux Jo‘raqulov, professorlar Dilafruz Usmanova, Shaxnoza Xushmurodova, dotsent Ikrom Nasimov ishtirok etdi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy fan-texnika yutuqlari asosida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, iqtisodiyot, boshqaruv samaradorligini oshirish, davlat xizmatini rivojlantirish sohasida Ludovika davlat xizmati universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat xizmatchilarining Vengriyada stajirovka va qisqa muddatli malaka oshirish dasturlarini tashkil etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida Ludovika davlat xizmati universiteti va Samarqand davlat universiteti o‘rtasida ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish, yozgi, qishki maktablarni tashkil qilish, magistratura va doktorantura bosqichlarining bir qator ta’lim yo‘nalishlarida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish borasida fikrlashildi. Tashrif davomida mehmonlar Samarqand davlat universitetining ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik, ilmiy laboratoriyalari va muzeylari faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif so‘nggida mehmonlar uchrashuv natijalaridan qoniqish hosil qilganliklarini ta’kidlab, kelajakda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash istagini bildirdilar























