Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti talabasi Sanjar Isomiy ijodidan...
Ey ko‘ngil!
Ey ko‘ngil, shodlikning tomirin kesgan,
Tig‘midim, senga so‘z ato etgan on?
Yoki quyoshmidim, nur sochgan har yon ,
So‘zni g‘amga qorib, qalb tomon esgan?
****
Ey ko‘ngil, bedorman, yallolar surib,
Haq tomon bir bora yuzlanmadi dil.
Tubsiz sarxadsizlik aro in qurib,
Uchib chiqaolmay kechdi necha yil.
****
Ey ko‘ngil, xazonlar oralab yurgan,
Bo‘g‘zida qon qotgan jur’atimmisan?
O‘zlikni topolmay qaqqayib turgan,
G‘orligimdan meros, sur’atimmisan?
****
Ey ko‘ngil, qalbini nafs tushovlagan,
Xirsini opichlab yurganni ko‘rding.
Faqirning rizqini changallab yegan,
Bir jonga ming saroy qurganni ko‘rding.
****
Ey ko‘ngil, ko‘zlarim qarida turib,
Shamshirin qayragan g‘animsan menga.
Shoir peshtoqini ko‘ksiga urib,
Ichi bo‘shab qolgan tanimsan menga.
****
Ey ko‘ngil nafas ol, ayshing surmasang,
Shoirga shodliklar nishin suqmaydi.
O‘tkinchi dunyoga yuzni burmasang,
Qurshagan taningdan shoir chiqmaydi.
Sanjar ISOMIY
Samarqand davlat universiteti
kimyo fakulteti talabasi

