− Mana bu bizning joyimiz ekan. Kechirasizlar, biz ozgina kech qoldik, − erkak kishi bir taklifnomaga va bir stolning raqamiga qarab aytdi. Lekin, stol atrofida bittagina stul bo‘sh edi. Boshqa stullar esa band. U bo‘sh stulga biroz o‘tirdida yana tez o‘rnidan turdi.

    − Bolalarni onalarining oldiga qoldirib kelmapsizda? – dedi birov va uning bu so‘zlari piching ekanligi bemalol bilinib turardi.

    − Hali erta… Qo‘ying bular hali yashashsin,- javob berdi. U nima qilishini bilmasdan, yuz bosh terisini artdi. Farzandlarini qayerga joylashtirishni bilmasdi. Katta bog‘ hovlisida bayramona, rasmiy ziyofat davom etardi. Dastarxonlar eng sara ovqatu ichimliklar bilan bezatilgan edi.

    Bezatilgan stollarning atrofida rahbarlar, mashhur shaxslar, turli sohalarning ulamolari o‘tirishardi. Hama galstuk va chiroyli kastyum shimlar bilan, soqollar olingan, sochlar tartibli ayollar esa harkungidanda chiroyli va dilbarroq ko‘rinishardi. 

    Shu payt yana uchta bola keldi. Bir qizaloq va ikki o‘g‘il bola. Ularning kiyimlari boshqalarga nisbatan oddiyroq va kamtarona edi.

    − Ozgina kech qoldinglar, mayli hech gap emas, − dedi o‘ng tomonida o‘tirgan kishi.

    – Bolalarni ham keltirdingizmi, yaxshi – dedi va kinoya yana qo‘shib qo‘yadi. Qorinlarini to‘ydirib ketishadi.

    − Shunday bo‘p qoldi, − uyatdan qizarib, nima deyishini bilmay qoldi, erkak. Lekin bolalar uchun joy yo‘q edi. Suv bilan o‘tning orasiga qolgandek edi go‘yo.

    − Bu odam qayerga kelishini bilmaydi? – to‘g‘risida o‘tirgan qorni katta kishi yonidagisiga pichirlab aytdi. – O‘zi ham latta erkakdek ekan. Ona bilan bola deyishadi. Yonidagi odam javob qaytarmadi. Ular yana yeb ichishlarini davom ettirishdi. Bir chekkada san’atkorlar xizmat qilishardi. Bolalar otalarining boshida tik turib, ko‘zlarini dastarxon ustidan uzmasdilar.

    − Oling! – yonidagi boshqa kishi yeb, ichishga taklif qildi.

    − Albatta, albatta! – dedi erkak kishi va yuz boshi terisini artdi. Bolalari qulog‘iga bir nimalar deyishardi va u bosh ishorasida rad javobini berardi. Keyin uyalib, tengdosh ko‘ringan qiz va o‘g‘ilchasining peshonalaridan o‘pdi. Katta o‘g‘lining boshini silab, bog‘ning chetiga olib bordiki san’atkorlarning hunarlarini tomosha qilishsin. Erkak kishi bir pasdan so‘ng xijolatomuz o‘z o‘rniga qaytdi.

    − Sizga nima kerak? – so‘radi ofitsiant. – Aroq, fanta, suv?

    − Suv, − dedi ovozi xiralashib.

    Stol atrofi va umuman ziyofatdagi odamlar unga nafratli ko‘z bilan qarayotgandek tuyulardi. Ular nimalar deyishardi, u bilmasdi, lekin uni urishlarini his qilardi. U asta turib, bog‘ chetiga, raqqosalarning o‘yinini tomosha qilib o‘tirgan bolalarini yoniga bordi.

    U ketdi-yu, stol atrofidagilarning u haqidagi g‘iybatlari qizidi:

    − Ayollar bolalarini ma’rakaga olib borishlari tabiiy holat. Lekin, bu erkakga nima balo urganki, bolalarini yetaklab kepti? Yo xotini xorijdamikin…

    − Kim bilsin har kimu har nima? Balki tamosha deb o‘ylagan. 

    − E, bunday odam erkak bo‘lmay o‘lishi yaxshiroq.

    − Bunaqa odamlarni taklif qilmaslik kerak…

    Ovqat keltirishdi. 

    Erkak kishi kelib joyiga o‘tirdi. Lekin yonidagilarining nigohlaridan o‘zini chetga olardi. Ovqatga ham qo‘lini uzatmadi. Faqat ba’zan bakalidan bir – ikki qultum suv ichib, yuz boshi terisini artardi. Boshqalar go‘yo faqat yeb ichish uchun kelishgandek, dam olmasdan dastarxondagi narsalarga «hujum» qilishardi. Yeyishardi, ichishardi va og‘zi to‘la ovqat bilan gap sotib, ovqatlarni har joyga sochardilar. U esa, go‘yo faqat suv ichib, terisini artish uchun kelgandek edi. 

    Nihoyat, qo‘shiq va musiqaning ovozi tinib, mikrofonni tadbir boshlovchisi oldi. Tabrik so‘zlaridan so‘ng taqdimotga o‘tdi.

    − Hozir biz ba’zi shaxslarning taqdimotiga o‘tamizki ular ijtimoiy, iqtisodiy va farhangning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib, katta yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Hammadan oldin sahnaga Shermuhammad Idibekovni taklif qilamiz.

    So‘zning bu joyida erkak kishi hamroh bo‘lib, go‘yo olov ustidagi xashakdek o‘ziga toblandi. Lekin uning bu holatiga hech kim e’tibor bermadi. 

    − Bu akamizning rafiqalari egizak farzandlarni dunyoga keltirgandan keyin, olamdan o‘tdilar. Bu kishi egizaklarni bir o‘zi parvarishlab, tarbiya berib, voyaga yetkazdi. Natijada ular nafaqat Samarqandda balki boshqa mamlakatlarda ham mashhur bo‘lishdi. Katta o‘g‘illari Bekjon yosh kimyochilar xalqaro olimpiadasida birinchi o‘rinni egalladi. Egizaklar – Ramz shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Singlisi Ramziya esa yurtimizdagi badiiy gimnasika musobaqasi g‘olibi bo‘ldi. Shunday farzandlarning tarbiyasi uchun Yurtboshimizning qarorlari bilan  Shermuhammad Idibekov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlanadi. Marhamat, Shermuhammad Idibekov sahnaga chiqing. Erkak kishi o‘rnidan turib, sahna tomon yo‘l oldi. Stol atrofidagi odamlar hayratdan lol qolishdi. Ichish ham, yeyish ham ko‘ngillariga sig‘madi. Balki o‘zlaricha gumonu yomonlashlaridan uyalisharmidi? Erkak kishining stol atrofida o‘tirayotganida, dasturxon qanday bezatilgan bo‘lsa, shundayligicha turardi. Faqat bakalida ozgina suv qolgandi xolos.

    U stol atrofiga boshqa qaytmadi…  

Malika Jumazoda

Samarqand davlat universiteti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi