Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilarini Koreya Respublikasining Seul milliy universiteti (Seoul National University – SNU) tomonidan e’lon qilingan “SNU President Fellowship (SPF)” stipendiya dasturida ishtirok etishga taklif etadi.

    Mazkur stipendiya dasturi 2027-yil bahorgi semestri uchun qabulni e’lon qilgan bo‘lib, u asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika rivojlanayotgan davlatlari oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.

    Dastur g‘oliblariga Seul milliy universitetida PhD (doktorantura) bosqichida tahsil olish imkoniyati yaratiladi.

    Ariza topshirish tartibi

    Nomzodlar:

  • Seul milliy universiteti qabul komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ariza topshirishlari;
  • shu bilan bir vaqtda “SNU President Fellowship (SPF)” dasturi uchun ham alohida onlayn ariza to‘ldirishlari lozim.

    Ariza topshirish muddati: 2026-yil 6-9-iyul.

    Batafsil ma’lumot va onlayn ariza topshirish: https://en.snu.ac.kr/admission

    Professor-o‘qituvchilarni ushbu nufuzli xalqaro stipendiya dasturida faol ishtirok etishga chorlaymiz!