Ajou universiteti huzuridagi Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabiga (GSIS) 2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli ochildi!

GSIS – Janubiy Koreyadagi yetakchi xalqaro maktablardan biri bo‘lib, global iqtisodiyot, biznes va xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydi. 90 dan ortiq davlatdan kelgan 1600 dan ziyod bitiruvchilar bugungi kunda davlat idoralari va xalqaro kompaniyalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Ta’lim yo‘nalishlari:

• Xalqaro biznes (MBA)

• Xalqaro savdo

• Xalqaro rivojlanish va hamkorlik

• Fuqarolik jamiyati tadqiqotlari

Grantlar va imtiyozlar:

• Barcha yangi talabalar uchun kontrakt miqdoriga 50% chegirma.

• Akademik ko‘rsatkichlarga qarab 100% gacha grant imkoniyati.

• Talabalarning 80–90 foizi har semestrda stipendiya oladi.

Hujjat topshirish muddatlari (Kuz 2026):

• 1-bosqich: 2026-yil 8-maygacha

• 2-bosqich: 2026-yil 29-maygacha

• 3-bosqich: 2026-yil 19-iyungacha

Talablar:

• Bakalavr diplomi (yoki joriy yilda bitiruvchi bo‘lish).

• Ingliz tili darajasi: TOEFL iBT 71 / IELTS 5.5 va undan yuqori.

• Hujjatlar to‘plami (Insho/Motivation letter, tavsiyanomalar va b.).

Ta’lim afzalliklari:

• Xalqaro muhit (90 dan ortiq davlatdan kelgan talabalar).

• Zamonaviy yotoqxona va infratuzilma.

• Xalqaro konferensiyalar va amaliyotlarda ishtirok etish.

• Viza olishda ko‘mak (D-2).

Manzil: Suvon shahri, Koreya Respublikasi.

Ariza topshirish:

Onlayn ariza to‘ldiriladi va hujjatlarning asl nusxalari pochta orqali yuboriladi.

Ma’lumot uchun kontak: еmail: gsis_admission@ajou.ac.kr

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.