“Oliy ta’lim sohasida Xitoy–Indoneziya stipendiyasi dasturi

    Xitoyning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun to‘liq davlat stipendiyasiga arizalar qabuli ochiq. Xitoy–Indoneziya stipendiya dasturi bakalavriat, magistratura va doktorantura (PhD) yo‘nalishlari bo‘yicha 20 ta kvota taqdim etadi.

    Nomzodlar uchun talablar:

• Yosh chegarasi:

• Bakalavriat – 25 yoshgacha;

• Magistratura – 35 yoshgacha;

• Doktorantura (PhD) – 40 yoshgacha.

• Til bilish darajasi: HSK 3–4 sertifikati (xitoy tilidagi dasturlar uchun) yoki IELTS/TOEFL sertifikatlari (ingliz tilidagi dasturlar uchun).

• Majburiy shart: Xitoy OTMidan dastlabki qabul hujjati (Pre-Admission Notice) mavjudligi.

    Ariza topshirish tartibi:

1.  Saytda ro‘yxatdan o‘ting: www.campuschina.org (http://www.campuschina.org/).

2.  Agentlik kodidan (Agency Number) foydalaning: 3602 (Indonesia).

3.  Zaruriy hujjatlarni onlayn tizimga yuklang.

    Arizalarni topshirish muddati: 2026-yil 8-fevralgacha.

    Kontaktlar:

Tel: 021-5761263

E-mail: eduindonesia@163.com

Batafsil ma’lumothttps://id.china-embassy.gov.cn/eng/sgdt/202510/t20251027_11741674.htm