Indoneziyaning yetakchi xususiy universitetlaridan biri bo‘lgan BINUS Universiteti, O‘zbekistonning iqtidorli talabalari uchun BINUS World Class Scholarship (tavsiya asosidagi stipendiya) dasturining ochilganligini e’lon qildi. Agar siz Jakarta shahrida xalqaro bakalavriat yoki magistratura (International MBA) dasturlari bo‘yicha ta’lim olishni istasangiz, bu imkoniyat aynan siz uchun!

    BINUS World Class Scholarship stipendiyasi haqida

    Mazkur stipendiya quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

• Jakartada amalga oshiriladigan ta’lim dasturlari uchun to‘liq kontrakt to‘lovi qoplab beriladi. (E’tibor bering: BINUS universitetining xorijdagi hamkor universitetlarda qo‘shaloq diplom dasturlari bo‘yicha xarajatlar stipendiyaga kirmaydi).

• Ariza topshirish vaqtida Indoneziya yashash ruxsatiga (KITAS) ega bo‘lmagan yoki o‘z mamlakatida bo‘lgan xalqaro talabalar uchun yotoqxonada bepul yashash. Indoneziyada istiqomat qilayotgan talabalar ham ariza topshirishi mumkin.

• “BINUS elchisi” maqomi: Stipendiya sovrindorlari universitetning promo-videolarida va asosiy kampus tadbirlarida ishtirok etib, universitet vakili bo‘lish imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Ariza topshirish tartibi:

1. Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://gabung.binus.ac.id/ (so‘ngra “Mulai Dari Sini” tugmasini bosing) va motivatsion xatingizni ilova qiling.

2. Kirish imtihoni: ingliz tili va mantiqiy fikrlash bo‘limlarini o‘z ichiga olgan onlayn kirish testlarini topshiring.

3. Zaruriyat bo‘lsa, suhbat o‘tkaziladi.

Motivatsion xatni topshirish va barcha savollar bo‘yicha BINUS universiteti bilan bevosita bog‘lanishingiz mumkin:

• Elektron pochta: nur.farisa@binus.edu

• WhatsApp: +62 882-1406-7430

Universitet va ta’lim dasturlari haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi ilovalarda topishingiz mumkin: