E'lon
Maison des Sciences de l’Homme (FMSH) jamg‘armasi va Markaziy Osiyo tadqiqotlari Fransiya instituti (IFEAC) 2020-yildan boshlab dissertatsiyasini himoya qilgan Markaziy Osiyo PhD tadqiqotchilari uchun Fransiyada uch oylik qisqa muddatli stipendiyalar taklif etadi.
Ushbu tadqiqot safarining maqsadi tadqiqotchilarga Fransiyada ilmiy izlanishlar olib borish imkonini berishdir: dala tadqiqotlari, kutubxona va arxiv ishlari.
Moliyaviy jihat
G‘oliblar uch oy uchun jami 5 400 € stipendiya oladi (to‘lov 3ga bo‘linib 1 800 € dan har oyning boshida beriladi).
Bundan tashqari, FMSH va IFEAC vizani rasmiylashtirishda yordam beradi va safarni tashkil qilish uchun logistik ko‘mak ko‘rsatadi (ishga joylashish imkoniyati, kutubxonalar uchun xat...).
Asosiy talablar
• Fuqaroligi: Dastur Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston fuqarosi bo‘lgan va ushbu mamlakatlardan birida joylashgan oliy ta’lim va tadqiqot muassasasi yoki davlat yoki xususiy tadqiqot instituti bilan aloqador tadqiqotchilar uchun ochiqdir.
• Ta’lim darajasi: Nomzodlar 2020-yildan boshlab falsafa doktori (nomzodlik dissertatsiyasi) ilmiy darajasini olgan va dissertatsiyasini himoya qilgan bo‘lishi kerak.
• Mavzu: Nomzodlar ijtimoiy va gumanitar fanlar sohalarida tadqiqotlar olib borayotgan bo‘lishlari kerak.
• Fransiyadagi qabul qiluvchi muassasa: Ariza topshirishdan oldin nomzodlar o‘z safarlari davomida ularni qabul qiladigan Fransiya tadqiqot muassasasini topishlari kerak bo‘ladi. So‘ng, nomzodlar qabul qiluvchi muassasadan FMSH va IFEAC nomiga yozilgan, muassasaning stipendiya davrida nomzodni qabul qilish istagini bildiruvchi va taklif etilayotgan ish sharoitlarini yoritib beruvchi xatni taqdim etishlari kerak.
Tadqiqotchining majburiyatlari
Safr oxirida g‘oliblar FMSH va IFEACga o‘z sayohatlari davomida bajarilgan ishlar va ularning tadqiqot loyihasi uchun foydalari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishlari kerak.
Ariza topshirish tartibi
Nomzodlar FMSH platformasi orqali onlayn ariza shaklini to‘ldirishlari va ilmiy dosye (tadqiqot loyihasi + ilovalar) taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Arizalar 2025-yil 6-oktabrdan boshlab 2026-yil 6-fevral, soat 17:00 (Parij vaqti bilan)gacha qabul qilinadi.
Onlayn ariza va ilmiy dosye fransuz yoki ingliz tillarida topshirilishi mumkin.
Platformadan foydalanishda savollar yoki qiyinchiliklar yuzaga kelsa, fadili@msh-paris.fr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://www.fmsh.fr/appels/atlas-asie-centrale-france

