Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi “Forefront Studies Program” dasturi doirasida Nagoya va Gifu universitetlari fuqarolik va atrof-muhit muhandisligi (Civil and Environmental Engineering) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi.

    Nomzodlar:

    O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida saralab olinadilar.

    Xarajatlar:

    O‘qish, yashash va tibbiy sug‘urta xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.

    Arizalar qabuli 2025-yil 28-noyabrgacha online tarzda amalga oshiriladi.

    Batafsil ma’lumot:

https://www.civil.nagoya-u.ac.jp/ceeipo/index.html

https://www.civil.nagoya-u.ac.jp/forefront/admission.html

    Ma’lumot uchun: Stipendiyalar Nagoya va Gifu universitetlari tomonidan Forefront Studies Program dasturi doirasida Fuqaro va ekologiya muhandisligi (Civil and Environmental Engineering) yo‘nalishi bo‘yicha taqdim etiladi.