Stipendiya Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan taqdim etiladi va quyidagi xarajatlarni to‘liq qoplaydi:

  •  Ta’lim to‘lovi;
  •  Aviachiptalar;
  •  Oylik stipendiya.

 Dastur ingliz tilida olib boriladi. Talabaning istagiga ko‘ra, yapon tili darslari ham taklif etiladi.

 Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 29-oktabr, soat 18:00 gacha.

 Kerakli hujjatlar ro‘yxatini yuklab olish:
 https://gsl.law.nagoya-u.ac.jp/admissions/master.php

 Eslatma: Nomzodlar hujjatlarni Nagoya Universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga taqdim etishlari lozim.

 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
 Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, Xalqaro biznes markazi, 14-qavat
 Telefon: +998 71 238 94 05 / 06 / 07
 Email: info@nagoya-university.uz