Erasmus+ KA171 mobiliti almashinuv dasturi asosida professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlar uchun grant dasturi asosida ilmiy xodimlarning Ispaniyaning Barselona universitetida 5 kunlik stajirovka o‘tash va malaka oshirishga maqsadida nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi. Grant borish-kelish va yashash xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

    Barcha ma’lumot ushbu havolada: http://www.ub.edu/uri/ka107/applications.html 

    Nomzodlar uchun qo'yiladigan talablar:

1. Samarqand davlat universiteti faoliyat olib borayotgan xodim bo‘lishi.

2. Erasmus+ dasturida ishtirok etish uchun toʻldirilgan onlayn ariza.

3. Ingliz tilidagi CV. (namuna EVROPASS )

4. SamDU tomonidan tavsiya etilgan ma’lumot.

5. Nomzod SamDU va qabul qiluvchi universitet tomonidan to'ldirilgan va imzolangan 3 tomonlama kelishuv shartnomasi  ( havolada mavjud)

6. Ilova da talab etilgan qo‘shimcha hujjat.

    Ariza topshirish muddati: 2024-yil 29-fevral.