AQSH elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida (“Spelling Bee”)  ingliz tili orfografiyasi bo‘yicha dastlabki saralash bosqichi 2022 yilning sentyabr-oktyabr oylarida  o‘tkaziladi.

    Spelling Bee - ishtirokchilardan ularga og‘zaki aytiladigan inglizcha so‘zlarning harflarini birma-bir talaffuz qilishni talab etuvchi bellashuvdir. Tanlovda faqat 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan bakalavriat talabalari ishtirok eta oladilar.

    Mazkur bellashuv 3 bosqichda o‘tkaziladi:

    1. Hududiy bosqich. O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida; 2022-yil sentabrda

    2.Milliy bosqich (Toshkent shahrida). Bunda hududiy bosqich g‘oliblari ishtirok etadi; 2022-yil oktabrda

    3.Mintaqaviy bosqich (Toshkent shahrida). Bunda “Central Asian Spelling Bee Program”  Markaziy Osiyo davlatlarida milliy bosqichda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashadi.

    Arizani onlayn tarzda quyidagi havola  orqali topshirishingiz mumkin.