Yaponiyaning “Goi tinchlik” jamg‘armasi (The Goi Peace Foundation) Yaponiya ta’lim, ma’daniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi YuNESKO ishlari bo‘yicha Yaponiya Milliy komissiyasi ko‘magida yoshlar o‘rtasida “Mening qadriyatlarim” (“My Values”) mavzusidagi eng yaxshi insho yozish xalqaro tanlovini o‘tkazmoqda.

    Insho ingliz yoki fransuz tillarida 700 so‘zgacha hamda yapon tilida 1600 so‘zgacha bo‘lishi lozim.

    Tanlov ishtirokchilari o‘z insholarini www.goipeace.or.jp veb-sahifasi va essay@goipeace.or.jp elektron pochta manzili orqali on-line tarzda taqdim etishlari kerak.

    Insholarni on-line tarzda taqdim etish oxirgi muddati – 2022-yil 15-iyun. Tanlovning bosh sovrini: 100 ming iyen (taxminan 840 AQSh dollari) va esdalik sovg‘alari.

    Batafsil ma’lumot, shartlar va zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda. Shuningdek, mazkur insho tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tashkilotchilarning https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ rasmiy saytida tanishish mumkin.