- Axir, dengiz bor edi-ku, nega u birdan yo‘q bo‘lib qoldi? Dengizning yo‘qolishi mumkin emas?! - deya o‘rdan qirga chopqillab qoldik. 

    Biroq Orolning shuncha joyi yo‘q bo‘lib ketganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan odam hali ham ishonmaydi. Axir, o‘n yillar burun Orol bo‘yi dam olish maskani uchun sotiladigan yo‘llanmalar qo‘lma-qo‘l edi, o‘zimizning “Artegimiz” deb atalgan “Rohat” pioner lagerida ko‘pchilik o‘smir yoshlar dam olardi. Respublikaning  obro‘li tashkilotlari va idoralari dengiz bo‘yidagi yerlarni bo‘lib olishib, marmar va betondan imoratlar solina boshladi.

    Orol O‘zbekistonning ilgarigi rahbarlarning sevimli maskaniga aylandi. Biroq, dengiz qocha boshlaganida, kemalar qumga cho‘kayotganda birinchi bo‘lib kalamushlar qochgandek, rahbarlar ham qochib qolishdi.

    O‘rozboy Abdurahmonovning  "Orol qanday quridi" kitobidan