Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov boshchiligidagi nufuzli  delegatsiyani qabul qildi.
    Samarqand davlat universiteti talabalari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida “Kelajakka hozirlik: tendensiyalar va texnologiyalar” mavzusida taqdimot tashkil etildi.
    Tadbirda xalqaro konsultant, Microsoft IT departamentining sobiq direktori Samer Chidiak zamonaviy texnologiyalar, innovasion rivojlanish va kelajak tendensiyalari yuzasidan ma’ruza qildi.
    Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, vazir o‘rinbosari Umid Obidxo‘jayev tadqiqotchilar hamda startap loyihalar mualliflari ishtirokida innovatsiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.