Samarqand davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida yuqori martabali mehmon universitetning Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakultetining yangi binosida bo‘ldi. U o‘quv laboratoriyalari hamda auditoriyalarni ko‘zdan kechirib, dars jarayonlarini kuzatdi. Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

    Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamovaga Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov va boshqa mas’ullar hamrohlik qildi.