Samarqand davlat universitetiga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov tashrif buyurdi.

    Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov  martabali mehmon bilan uchrashdi. Universitetda amalga oshirilayotgan ta’lim, ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

    Dastlab respublikada birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakultetida bo‘lib, talabalarga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

    Shundan so‘ng Biokimyo instituti kampusida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida yoshlarning bilim olishi, ma’naviy kamoloti, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi haqida fikr almashildi.

    Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husan To‘xtaev qatnashdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.