Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov Xitoy Xalq Respublikasining Renmin universiteti prezidenti Ma Huaide boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

    Uchrashuvda Samarqand davlat universitetining mas’ul rahbarlari hamda Xitoy tomoni vakillari — Renmin universiteti Xalqaro hamkorlik ofisi direktori Zhang Damiao, Falsafa fakulteti dekani Zang Fengyu, Prezident ofisi boshqaruvchisi Zhang Yuming va Xalqaro hamkorlik ofisi koordinatori Liu Yao ishtirok etdilar.

    Muloqot davomida matematika, tarix va arxeologiya yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakatning madaniy merosi va tarixiy yodgorliklarini asrashga qaratilgan ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, hamkorlikda ko‘rgazmalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlab, hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.