Samarqand davlat universitetida pedagoglar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o’tkazildi
Nufuzli anjuman Samarqand davlat universiteti hamda Qozon federal universiteti hamkorligida tashkil etilgan.
Konfernesiyada AQSh, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Ispaniya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Sloveniya, Qozog‘iston davlatdan 250 nafardan ortiq olim va mutaxassis ishtirok etdi.
Konferensiyaning muhim jihatlaridan biri Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bo‘ldi. Bu esa ta’lim sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish jarayoniga nafaqat olimlar, balki amaliyotchi pedagoglarni ham keng jalb etish imkonini yaratadi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchilar ta’limi sohasidagi eng nufuzli ilmiy anjumanlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha Samarqand davlat universiteti nashriyotida ilmiy maqolalar va ma’ruzalar jamlangan konferensiya materiallari to‘plami chop etiladi. Shuningdek, eng yaxshi ilmiy maqolalar xalqaro ilmiy to‘plamda (Pensoft Publishing House, Bolgariya) nashr etish uchun tavsiya qilinadi hamda keyinchalik Web of Science (WoS) xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indeksatsiya qilinishi mumkin.










