Bundan 100 yil oldin Bokuda I Turkologiya Qurultoyi bo‘lib o‘tgan edi va ushbu Qurultoy qabul qilgan qarorda “II Qurultoy 1928-yilda Samarqandda chaqirilsin”, degan maxsus band ham bor edi.

    1926-yil 26-fevraldan 6-martgacha Bokuda bo‘lib o‘tgan I Turkologiya Qurultoyida turkiy tillarning kelajagi, alifbo islohoti, atamashunoslik, adabiy til va boshqa muhim masalalar muhokama qilingan edi. Qurultoyning eng muhim qarori — arab alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish haqida bo‘lgan. Qurultoy qarorlarida II Turkologiya Qurultoyini 1927-yilda O‘zbekiston poytaxti Samarqandda o‘tkazish haqida maxsus band bor edi.

    Qurultoy turkiy xalqlarning madaniy va ilmiy birlashuviga katta turtki bergan edi. Uning turk dunyosi tarixi va madaniyati tarixidagi o‘rni mislsizdir. Afsuski, II Turkologiya Qurultoyini 1928-yilda Samarqandda o‘tkazish haqidagi qaror amalga oshmadi. Yuz yil o‘tib Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Türk Dil Kurumu, Yunus Emra instituti va Marmara universiteti bilan birga turk dunyosining ma’naviy boshkenti Samarqandda o‘sha tarixiy qurultoyni tashkil qilmoqda.

    2026-yil 5-6 iyun kunlari Turk Dunyosining barcha davlatlaridan kelgan 70 nafar xorijiy va 26 nafar o‘zbek tadqiqotchilar ota-bobolarimizdan vasiyat bo‘lib qolgan Turkologiya Qurultoyini Samarqandda o‘tkazadilar va ularning irodasini bajo keltiradilar!

    Qurultoy kunlari biz bilan birga bo‘ling!!!