Samarqand davlat universiteti agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti doktoranti Ilhom Mamasoliyev. Ayni paytda “Tamaki (Nicotiana tabacum L.) ko‘chatlarini zamburuqli kasalliklar va ulardan himoyalash tizimini takomillashtirish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy rahbari professor Elmurod Umurzoqov.

    Tamaki o‘simligiga serdaromad ekin sifatida qaraladi. Asosan tog‘,  tog‘oldi, tekislik maydonidagi yerlarda yetishtiriladi. Bir gektar yerdan 10-12 sentnergacha hosil olish mumkin. Uning poyasidan uy-xo’jaligida o’tin sifatida foydalaniladi. Shuningdek, tamaki o’simligidan farmatsevtika sohasida dori-darmon va hidlanadigan mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi.

    Tamaki o‘simligi ituzumdoshlar oilasiga mansub. U biologik xususiyatiga ko‘ra bir yillik o‘simlik. Lekin tropik hududlarda va issiqxonalarda ikki-uch yil va undan ortiq vaqt o‘stirilib, har yili yangi barg va novda hosil qilishi mumkin. Ildiz tizimi asosiy va yon ildizlardan tashkil topgan. Ko‘chati o‘tqazilgandan keyin juda ko‘plab kuchli ikkinchi va uchinchi tartib yon ildizlar hosil qiladi. Sug‘oriladigan sharoitda tuproq namligiga qarab asosiy ildiz 1,5-2 metr va undan chuqurroq qatlamda, uning  asosiy qismi esa yerning  haydalma qatlamida joylashadi.

    Tamaki oddiy sharoitda bir yillik o‘simlik bo‘lib, qishda unchalik sovuq bo‘lmaydigan sharoitda, bahorda yangi novda chiqarib, yana urug‘ hosil qilishi mumkin. Tamakining vegetatsiya davri shartli ravishda ikki bosqichga bo‘linadi.

    Birinchisi uning ko‘chatxonada o‘sish yoki ko‘chat davri. Bu davr uni o‘stirish sharoitiga qarab 45-60 kun davom etadi. Ikkinchisi dalada o‘sish davri. Bu davr ko‘chat dalaga o‘tqazilganidan, to ko‘sakchalar pishib yetilgungacha bo‘lgan davrni o‘z  ichiga oladi va ekiladigan navning xususiyatiga qarab 60-150 kungacha davom etadi.

    Tamaki urug‘i unib chiqish davrida namlik va issiqlikka juda talabchan bo‘ladi. Urug‘ning unib  chiqishi uchun 25-280C eng qulay harorat hisoblanadi. Harorat 10-110C gacha pasaysa, urug‘ unishdan  to‘xtaydi.

    Tamaki urug‘i o‘ziga namlikni tez shimib oladi. Urug‘ tarkibidagi namlik miqdori 65-70 % ga yetganda (bu davr bir sutka davom etadi) unishga tayyorlanish davri boshlanadi. Bu davr 25-280C haroratda 1-1,5 kun davom etadi. Agar shu davrda harorat 17-180C gacha pasayib ketsa, unishga tayyorlanish davri 5-7 kunga cho‘zilishi mumkin. Shuningdek, harorat 28-300C dan oshsa, urug‘ning unishi sekinlashadi. 350C dan yuqori haroratda esa  unayotgan urug‘ unib chiqish qobiliyatini yo‘qotadi. Ko‘chatxonada  doimiy ravishda  25-280C haroratni saqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham tamaki urug‘i dastlab maxsus xonalarda yoki  termostatlarda undirilib, so‘ng ko‘chatxonaga sepilishi tavsiya qilinadi.

    Tadqiqotchi bilan suhbat qurar ekanmiz, uning ilmiy ishi va faoliyati bilan qiziqdik.

    - Dissertatsiyamning asosiy maqsadi tamaki ko‘chatxonada uchraydigan zamburug‘li kasalliklar turlarini o‘rganish, ularga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizmini takomillashtirish, - deydi Ilhom Mamasoliyev. - Tamaki ko‘chatlarida quyidagi zamburug‘li kasalliklar mavjud. Xususan, qora ildiz, ildiz quruq, qora son yoki ko‘chatlarning chirishi kabi turlari uchraydi. Kasallik keltirib chiqaruvchi zamburug’lar tuproqda hamda o‘simlik urug‘larida saqlanadi. Urug‘lar tuproqqa ekilganda tuproq namligi va haroratiga qarab, o‘simlik ildizlari rivojlana boshlaydi. Natijada ko‘chatlarning birlamchi va ikkilamchi ildizlarida qora rangdagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘lar ildizning nobud bo‘lgan to‘qimalari hisoblanadi. Kasallik sababli ko‘chatlarning tuproqda suv va undagi erigan minerallarni o‘zlashtirish xususiyati kamayib boradi. Vaqt o‘tgan sayin ko‘chatlarning immunitet tizimi susayib, nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ildiz chirish kasalliklariga qarshi kurash choralari urug‘larni ekishdan oldin dorilash, ko‘chatxona tuprog‘ini  almashib ekish tavsiya etiladi. Bundan tashqari sug‘orish jarayonida 200C iliq suv bilan sug‘orish lozim. Shuningdek, ko‘chatlar unib chiqib, ularning bo‘yi 5-8 sm. bo‘lganda sistemali fungesitlar bilan ishlov berish mumkin.

Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat Akramov olgan surat.