Samarqand shahrida “Amir Temur va Temuriylar davrida soliq tizimi – Amir Temurning davlat boshqaruvida lavozimlarga munosib kishilarni tanlash siyosati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, O‘zR FA Tarix instituti, Samarqand davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi.

    Anjumanda Soliq qo‘mitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i To‘ra To‘rayev, Soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Bahriddin Zayniddinov, Samarqand viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i Farrux Boboyev hamda bir qator olimlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

    Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Amir Temurning davlat boshqaruvi tamoyillari, xususan, lavozimlarga munosib kadrlarni tanlash siyosati, iqtisodiy yondashuvlari va soliq tizimini shakllantirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdilar.

    Shuningdek, “Turon saltanatidagi bunyodkorlik va homiylik asoslari”, “Amir Temurning iqtisodiy siyosati”, “Temuriylar davrida ta’lim tizimi”, “Amir Temur – Buyuk Turon sultoni”, “Amir Temur davlatida soliq tizimining o‘rni” hamda “Temur tuzuklari”ning ahamiyati kabi dolzarb mavzular keng muhokama qilindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.