Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti dotsenti Akbar Ahmedov 2025-yil sentabrdan 2026-yil fevralgacha “Fulbright Visiting Scholar” grant dasturi asosida AQSH ning Yuta davlat universitetida stajirovka oʻtadi.

Olim safar davomida “Oʻzbekistonning arid mintaqalarida oʻsuvchi bozulbang va yulg’un turkum turlariga global iqlim oʻzgarishi ta’sirlarini o’rganish” mavzusida tadqiqotlar olib bordi. Bir qator seminarlarda ishtirok etib, ma’ruzalar qildi.

Shimoliy Amerika hududlarida (Yuta, Kolorado, Kaliforniya, Arizona va Idaho) ekspeditsiyalarda ishtirok etdi va ilmiy materiallar yig’ildi.

Kolorado shtatida hamkorlikda dorivor bozulbang (Lagochilus) plantatsiyasi barpo etildi.